Telegram Group Search
❗️Talabalar uchun imkoniyat yaratilmoqda

Faqatgina bakalavriat kunduzgi taʼlim shakli 4-kurs talabalari uchun akademik qarzdorligi boʻlgan fanlarini qayta oʻqish uchun “Yozgi semestr” tashkil etilmoqda.

Talabalar 8-iyun kuni soat 9:00 dan tegishli fakultet oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari oldiga borib murojaat qilishlari lozim.

“Yozgi semestr” muddati cheklanganligi sababli (10.06.2024-15.06.2024) talabalardan zudlik bilan kelib, arizalarni to‘ldirib imtihonlarni topshirishlari soʻraladi.

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

2050-yilda koinotga 96 ming kilometrlik liftda ko‘tarilish mumkin

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌨️ Kompyuterni bilish yaxshi, yaxshiroq bilish undanam yaxshi!

⚡️Kompyuter klaviaturasining Siz bilmagan foydali kombinatsiyalari:
WIN: "Boshlash" menyusini ochadi.
WIN+R: dasturlarni tezda ishga tushirish uchun buyruqlarni kiritishingiz mumkin bo'lgan "Bajarish" oynasini chaqiradi.
WIN+D: barcha oynalarni vazifalar paneliga ya'ni pastga tushiradi va ish stolini ko'rsatadi.
WIN+T: klaviaturadan belgilash imkonini beruvchi fokusni vazifalar paneliga o'tkazadi.
WIN+B: tizim tepasidagi birinchi elementni belgilaydi, agar sichqoncha ishlamasa bu juda qulay.
WIN+1 (WIN+2 va boshqalar): vazifalar paneliga biriktirilgan dasturlarni joylashuvi bo'yicha ishga tushiradi.
WIN + Shift+1 (WIN+Shift+2 va boshqalar): tanlangan dasturning yangi nusxasini vazifalar panelida ishga tushiradi.
WIN + E: fayl va papkalarga kirishni tezlashtiradigan Explorer oynasini ochadi.
WIN + L: kompyuterni qulflash yoki foydalanuvchini almashtirish.
WIN+P: ikkinchi ekran yoki proyektor uchun displey rejimini tanlash.
WIN + X: tizim vositalariga tezkor kirish menyusini ochish.
WIN+Tab: ilovalar va virtual ish stollarini ko'rish va almashtirish uchun vazifalarni ko'rib chiqishni ochish.
WIN+↑; WIN+←/→; WIN+↓: faol Oynani joylashtirish.

Ushbu kombinatsiyalar Windows oynalarini samarali boshqarishga yordam beradi va ishingizni bir muncha osonlashtiradi!

📝 Siz ham shunday foydali kombinatsiyalarni bilsangiz, izohda yozib qoldiring!

Ro'yxatdan o'tish

Telegram | Instagram | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universiteti va “Uzbekistan airways” AJ hamkorligida fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi

Toshkent davlat transport universiteti fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash bo'yicha “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” yo‘nalishiga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi.

Hujjat topshirish uchun qoʻyilgan talablar:

amal qilish muddati tugamagan ingliz tili fanidan CEFR standarti asosida kamida B2 daraja yoki undan yuqori boʻlgan milliy yoki xalqaro sertifikatlar;
yoshi oʻn yettidan kichik va oʻttizdan katta boʻlmasligi;
boʻyining balandligi 160-190 santimetr oraligʻida boʻlishligi kerak.

Talabgorlar tibbiy uchish ekspert komissiyasiga 5-iyundan 25-iyungacha o'tish va shu muddatda my.uzbmb.uz sayti orqali “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” taʼlim yoʻnalishini tanlashi zarur.

Abituriyentlarga hujjat topshirishda “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” taʼlim yoʻnalishdan tashqari 5 ta yoʻnalishni tanlash imkoniyati beriladi. Bitiruvchilarga bakalavr diplomi va CPL — tijorat uchuvchi guvohnomasi (commercial pilot license) beriladi.

Murojaat uchun: 712990383, 712990393

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yoʻl xaritasi” imzolandi

Batafsil
⚡️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi

2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fanlar majmuasi. Kollej va texnikumlar uchun..pdf
432.7 KB
⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

✔️Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

✔️Matematika10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

✔️O‘zbekiston tarixi10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

✔️1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

✔️2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball156 ball.

📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

Kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qurbon hayiti kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

@TSTU_NEWS
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent

Oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

@TSTU_NEWS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent

Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 14-iyuldan 28-iyulga qadar oʻtkaziladi

@TSTU_NEWS
#Qabul2024 #Call_Center

Toshkent davlat transport universiteti qabul komissiyasi oʻz faoliyatini olib bormoqda

Toshkent davlat transport universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“Call-center” telefon raqamlari:
1318 qisqa raqami
+998712990191

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy taʼlim muassasasida oʻquv jarayonini sifati hamda samaradorligini oshirish boʻyicha so'rovnoma https://survey.hemis.uz/ orqali amalga oshiriladi va so'rovnomada qatnashishga 1 -2 daqiqa ketadi
Tugash vaqti: 15 iyun 18:00
Barcha kurs talabalari so'rovnomada qatnashishingiz so'raladi.

Tizimga kirish talabaning HEMIS tizimi login paroli bilan amalga oshiriladi

👆https://survey.hemis.uz/ 👆
Qurbon hayiti barchamizga muborak boʻlsin!
2024/06/18 15:46:52
Back to Top
HTML Embed Code: